19:36 / 18.07.2016
14123

Lokalizatsiya dasturiga 52ta yangi loyiha qo‘shildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyuldagi qaroriga muvofiq, tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilishning 2014-2016 va 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan dasturlariga tuzatishlar kiritildi. 

Unga ko‘ra, 52ta yangi loyiha kiritilib, 43tasi dasturdan chiqarilgan. 

Qarorga muvofiq, lokalizatsiya Dasturiga kiritilgan tashkilotlarga nisbatan 
bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtirishlari uchun to‘lovlar bundan mustasno), daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i to‘lashda 3 yillik imtiyozli muddat joriy qilin adi.  

Bojxona imtiyozlari, qaror matni matbuotda e'lon qilingan kundan boshlab, soliq imtiyozlari esa, qaror e'lon qilinganidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amal qiladi, deb xabar qilmoqda Norma.uz sayti. 


 

Mavzuga oid
Top