16:31 / 19.07.2016
5166

Malidagi harbiy bazani jangarilar egallab oldi

© AFP

Jangarilar Malining markaziy qismidagi Nampala shahrida joylashgan harbiy bazani egallab olishgan. Hukumat harbiylari qarshi hujumga tayyorlanmoqda. Bu haqda shahar meriga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

"Hujumdan so‘ng Diabal shahriga chekingan armiya bo‘linmasi qarshi hujumga hozirlik ko‘rmoqda", degan mer Usmon Diallo.

Malidagi vaziyat 2015 yilning 20 noyabrida mamlakat poytaxti Bamako shahridagi Radisson mehmonxonasiga jangarilar hujumi uyushtirilganidan buyon beqarorligicha qolmoqda. Bu hujum oqibatida 19 kishi halok bo‘lgandi. Terakt uchun javobgarlikni IShIDga tobe bo‘lgan "Al-Murabitun" guruhi amalga oshirgan.

Top