14:29 / 21.07.2016
6413

Yerevandagi namoyishlardan so‘ng 135 kishi hibsga olindi

Armaniston poytaxti politsiyasi, Yerevandagi norozilik namoyishlarini tarqatib yuborgach, 136 kishi qo‘lga olgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

Fuqarolar Xorenatsi ko‘chasidan politsiya idorasiga olib kelingan. 

Huquq posbonlari, Yerevandagi egallab olingan politsiya idorasi yonida to‘planganlarni 20 iyul kechasi tarqatib yuborgan edi. Avvalroq, 30 kishi ushlangani, 51 nafar odam jarohatlangani, shu jumladan 28 politsiyachi yaralangani xabar qilingan edi. 

Mavzuga oid
Top