11:55 / 01.08.2016
20892

Qozoq to‘yidagi do‘stlar hangomasi

Ma'lumki, har bir xalqning to‘yida o‘ziga xos urf-odatlari bo‘ladi. Qozoq to‘yida navbatdagi qiziq voqea sodir bo‘ldi. Bu safar kuyovning do‘stlari o‘zining serg‘ayratligi bilan ajralib turishdi. Quvonch va kuchga to‘la yigitlar kuyovni otishga shu qadar berilib ketishdiki, oxir-oqibat u yerga quladi. 

Kuyov kafel ustiga qattiq tushgan bo‘lsa-da, uning atrofida kulgi to‘xtamadi. 

Do‘stlar o‘zlarini qo‘lga olib, kuyovni ko‘tarishga kirishishdi. Shundan keyin yana uni havoga otishni boshlashdi, bu safar u qadar kuchli emas. 

Kuyovning jarohat olgan yoki olmaganligi noma'lum bo‘lsa-da, bu voqea to‘yda ishtirok etganlarning xotirasida uzoq saqlanib qolishi muqarrar. 
 

Mavzuga oid
Top