21:45 / 16.08.2016
19714

Rioda sport bayrami, Pan Gi Mun va Obama o‘z vorislarini tavsiya qilmoqda, dunyo bo‘ylab anormal isish va kunning boshqa muhim xabarlari

Kunning eng asosiy hodisa va yangiliklari «Kun»ning kechki dayjestida.

O‘zbekiston xabarlari

Rioda ikkinchi oltin medal

Ruslan Nuriddinov O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi. 

Og‘ir atletika bo‘yicha vazni 105 kilogrammgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasida musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston vakiliga teng keladigan raqib topilmadi.

>>> Batafsil

 

Rio-2016. O‘zbekiston medallar hisobi bo‘yicha reytingda 26-o‘ringa ko‘tarildi

Og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov O‘zbekiston delegatsiyasi uchun yana bir  oltin medal olib berganidan keyin terma jamoa umumiy reytingda yanada yuqoriladi.

>>> Batafsil

 

Ruslan Nuriddinov: "Bu yurtimning medali, o‘zbegimga sovg‘a bu" 

O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bir oltin medal olib kelgan og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov o‘z jamoadoshlari davrasida g‘alabadan keyingi hayajonli fikrlarini bildirib o‘tdi.

>>> Batafsil

 

O‘zbekiston olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi

Rio-2016 musobaqalarida qatnashayotgan O‘zbekiston vakillari medallar sonini birin-ketin oshirib borishda davom etmoqda. Bu esa jamoaga o‘z rekordini yangilash imkonini berdi.

>>> Batafsil

 

AQSh va prezidentlik saylovi

Obama Klintonni qo‘llab-quvvatlash uchun ta'tilini to‘xtatib turishga qaror qildi

AQSh prezidenti Barak Obama AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashga pul yig‘ish maqsadida o‘zining ta'tilini to‘xtatib turishga qaror qildi.

>>> Batafsil

 

AQSh vitse-prezidenti Bayden: Trampga Stalin yoqqan bo‘lardi

AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning saylovoldi kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan tadbirda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampga Iosif Stalin yoqqan bo‘lardi, deb aytdi.

>>> Batafsil

 

Klinton IShIDga qarshi piyoda qo‘shinlardan foydalanish borasida fikrini bildirdi

AQSh prezidentligiga demokratlar nomzodi Hillari Klinton, IShID terrorchi guruhiga qarshi kurashda YaQIN sharq mintaqasiga AQSh qurolli kuchlari piyoda qo‘shinlarini safarbar etish rejasiga qarshi fikr bildirdi.

>>> Batafsil

 

Jahon xabarlari

Putin: Rossiya Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni tiklashga intilmoqda

Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun ma'lum qildiki, Rossiya chin dildan Turkiya bilan do‘stona munosabatlarini tiklashga intilmoqda.

>>> Batafsil

 

Pan Gi Mun: “BMT rahbari sifatida ayol kishini ko‘rishni istayman”

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun shaxsan o‘zi tashkilot rahbari sifatida ayol kishini ko‘rishni istayotganini ma'lum qilgan.

>>> Batafsil

 

Nazarboyev: Rada Poroshenkoga Donbass maqomi bo‘yicha qaror qabul qilishga imkon bermayapti

Rada Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga Donbass maqomini qabul qilishga yo‘l qo‘ymayapti, degan fikrni bildirgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Vladimir Putin bilan uchrashuvida. 

>>> Batafsil

 

Savchenko rossiyaliklar haqida keskin fikr bildirdi

Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko rossiyaliklarni qullarga qiyosladi.

>>> Batafsil

 

Turkiyada harbiy isyonga qarshi turgan tumanlar nomi samolyotlarga qo‘yilmoqda

Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi sakkizta havo laynerini  Istanbul va Anqaraning davlat to‘ntarishiga qarshi kurashda asosiy o‘rin tutgan tumanlari nomi bilan atadi.

>>> Batafsil

 

Turkiya prokuraturasi Gulenga 2 ming yillik qamoq jazosi tayinlanishini talab qilmoqda

Turkiya prokuraturasi islomiy muxolifat Fathulloh Gulenga 1,9 ming qamoq jazosi va 2 million 210 ming kunlik ma'muriy jarima tayinlanishini talab qildi.

>>> Batafsil

 

Yoz ofatlari

Iyul tarixdagi eng issiq oy sifatida e'tirof etildi

2016 yilning iyul oyi butun dunyo kuzatuvlari bo‘yicha, tarixdagi eng issiq oy deya e'tirof etildi.

>>> Batafsil

 

Kaliforniyada yuz bergan yong‘in 175ga yaqin uyni vayron qildi

AQShning Kaliforniya shtatidagi Louer-Leyk shahrida yuz bergan yong‘in sabab 175ga yaqin uy yo‘q bo‘ldi. Batafsil

 

Yaponiyada jazirama sabab bir hafta ichida 5,5 mingdan ziyod kishi shifoxonaga yotqizildi

Yaponiyada so‘nggi hafta ichida 5,5 mingdan ziyod kishi quyosh urishi oqibatida shifoxonalarga yotqizilgan.

>>> Batafsil

 

Uzoq Sharqdagi yong‘inlar 270 gektar o‘rmonni qamradi

Rossiyaning Uzoq Sharq o‘rmon xizmatlari o‘tgan bir sutkada 6ta o‘rmon yong‘iniga qarshi kurash olib borishgan, shundan bittasi to‘liq bartaraf etilgan.

>>> Batafsil

 

Rio Olimpiadasi sarguzashtlari


Rio-2016 olimpiadasida navbatdagi mojaro. Muxlislar rossiyalik bokschining g‘alabasini qabul qila olishmadi

15 avgust oqshomida 91 kilogarmm vazn toifasidagi finalda rossiyalik Yevgeniy Tishchenko Qozog‘iston vakili Vasiliy Levitga qarshi jang yakunida hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘lib, Olimpiada chempioniga aylandi.

>>> Batafsil

 

Kun fotosi. Bagamalik yuguruvchining oltin sho‘ng‘ishi

Rio-de-Janeyro olimpiadasiga Bagama orollaridan kelgan Shona Miller Olimpiadaning o‘ninchi kunida 400 metr masofaga yugurish bahslarida g‘olib bo‘ldi.

>>> Batafsil

 

Germaniyalik og‘ir atletikachi: Qozog‘iston, Belarus, Ukraina va Gruziyada sportchilar doimiy ravishda dopingdan foydalanishadi

Nemis og‘ir atletikachisi Almir Velagich Die Welt nashriga bergan intervyusida Sobiq Ittifoq hududidagi davlatlar sportchilari doimiy ravishda doping qabul qilishi borasidagi gumonlarini bayon etgan.

>>> Batafsil

 

AIBA: Yirik turnirlar va Olimpiada bahslarida ring-e'lon qiluvchilari paydo bo‘lishi mumkin

Xalqaro Boks uyushmasi (AIBA) tashkil etuvchi barcha yirik turnirlar va Olimpiya o‘yinlarida ring e'lon qiluvchilari paydo bo‘lishi mumkin.

>>> Batafsil

 

Misrlik dzyudochi isroillik raqibiga qarshi bahsdan keyin unga hurmatsizlik qilgani uchun Olimpiadadan haydab yuborilgan

Misrlik dzyudochi Islom al-Shexabi Rio-2016 Olimpiadasi doirasida isroillik Oru Sassonga qarshi mag‘lubiyatli bellashuvdan keyin raqibi bilan qo‘l berib xayrlashmagani uchun xayfsan oldi va uyiga jo‘natib yuborilgan.

>>> Batafsil

Top