19:27 / 17.08.2016
7459

Podmoskoveda politsiyachilarga hujum uyushtirilib, bir politsiyachi o‘ldirildi

Podmoskovedagi yo‘l-patrul xizmati postiga uyushtirilgan hujum oqibatida bir politsiyachi halok bo‘lgan. TASS nashrining huquq-tartibot organlaridagi manbasi xabariga ko‘ra, Balashixeda shimoliy kavkazlik jangarilar hujumi amalga oshirilgan. Hujum oqibatida yana 1 politsiyachi jarohatlangan.

Aniqlik kiritilishicha, 2 nafar qurollangan shaxs hujum boshlagan. Ular o‘qotar qurol hamda boltadan foydalanishgan.

Hujum qiluvchilarning ikkisi ham otib yo‘q qilingan.

Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Shimoliy Kavkazdagi jangari guruh a'zolariga qarshi yirik amaliyot o‘tkazildi. Amaliyot vaqtida qurolli qarshilik ko‘rsatgan 4 jangari yo‘q qilindi.

Mavzuga oid
Top