11:59 / 19.08.2016
5747

Xitoy Yapon dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Yapon dengizida Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar qilmoqda «Sinxua» harbiy manba so‘zlariga tayangan holda. 

Ma'lum qilinishicha, mashg‘ulotlar avvaldan rejalashtirilgan bo‘lib, xalqaro huquq me'yorlariga mos keladi. 

U, Yapon dengizining oshkor qilinmagan hududida bo‘lib o‘tmoqda. Mashg‘ulotlarda «Sian» raketa eskadrilya esminetsi, «Xenshuy» fregati, «Gaoyuxu» ta'minlash kemasi hamda XXR HDK sharqiy flotining bir necha kemasi qatnashmoqda. 

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tayotgan hududda xorijiy ayg‘oqchi samolyoti ham kuzatilgan. 

Top