10:40 / 19.08.2016
19795

WP: AQSh shaharlarida Trampning yalang‘och ko‘rinishdagi haykallari paydo bo‘ldi

Foto: Reuters

INDECLINE guruhi faollari AQShning 5 ta shaharida AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning yalang‘och ko‘rinishdagi haykallarini o‘rnatishdi, deb xabar bermoqda Washington Post.

Tramp haykallari Nyu-York, Los-Anjyeles, San-Frantsisko, Klivlend va Sietlning gavjum joylarida paydo bo‘ldi.

"Sizga yoqadimi-yo‘qmi, Tramp dunyo madaniyatida afsonaviy shaxsga aylanib ulgurdi. Tarixda bunday shaxslar haykal ko‘rinishida abadiylashtirilgan va hurmat qilingan", deb aytdi loyiha tashkilotchilaridan biri.

Biroq nashrning ta'kidlashicha, Tramp haykali ko‘plab siyosiy arboblarga o‘rnatilgan haykallardan farqli o‘laroq, maqtab bo‘lmagudek ko‘rinishda: jahldor nigoh, shalviragan tana, siqiq lablar, g‘adir-budur teri bilan tasvirlangan. 

Haykaltaroshlar o‘z "ijod mahsullari" bilan ko‘plab odamlarning e'tiborini qaratishdi, Nyu-Yorkda haykal "Tramp" bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan olomon qurshovida qolgan.

Mavzuga oid
Top