17:39 / 21.08.2016
9221

Erkin kurash. Ixtiyor Navro‘zov chorak finalga chiqdi

Rio—2016 Olimpiadasining erkin kurash sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yana bir kurashchi Ixtiyor Navro‘zov o‘z ishtirokini nimchorak finaldan boshladi.

65 kilogrammgacha vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi musobaqada Navro‘zovning birinchi raqibi kelib chiqishiga ko‘ra dog‘istonlik bo‘lgan, Bahrayn nomidan turnirga kelgan Adam Batirov edi.

Asosiy vaqtda 7:7 hisobi qayd etildi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra so‘nggi ballni o‘zbekistonlik sportchi olgani uchun g‘oliblik unga berildi va Navro‘zov chorak finalga chiqdi.

Uning chorak finaldagi raqibi Puerto-Riko vakili Franklin Gomes bo‘ladi.

Top