12:44 / 23.08.2016
5519

Yaponiya mudofaa vaziri AQShning Yokosukedagi harbiy bazasiga tashrif buyurdi

© AFP

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tomomi Inada, uch hafta avval ushbu lavozimga tayinlanganidan beri birinchi marta 23-avgust kuni mamlakatning Yokosukedagi harbiy-dengiz bazasiga tashrif buyurdi. 

Kiodo agentligining xabariga ko‘ra, Inada Yaponiyaning eng yirik harbiy kemasi — 19,5 ming tonna suv sig‘imli "Idzumo" vertolet tashuvchisini ko‘zdan kechirgan. Agentlikning xabariga ko‘ra, mudofaa vaziri kema ekipajiga murojaat qilib, Janubiy-Xitoy dengizida XXR qurolli kuchlari faoliyati kuchayib borayotgani tufayli Senkaku orollari hududida hushyorlikni oshirishga chaqirgan. 

Inada, shuningdek, dasturga binoan, Amerikaning Yokosukedagi harbiy bazasiga ham tashrif buyurib, "Ronald Reygan" aviatashuvchisi bortiga chiqadi. Bundan tashqari, Yaponiya mudofaa rahbari AQSh yettinchi floti qo‘mondoni, vitse-admiral Jozef Okoyn va AQShning Yaponiyadagi harbiy dengiz kuchlari qo‘mondoni kontr-admiral Metyu Karter bilan muzokaralar o‘tkazadi. 

Umuman, so‘nggi vaqtlarda AQSh va Yaponiya KXDRning yadroviy va raketa sinovlari hamda Xitoy harbiy kemalarining Senkaku orollarida ko‘p bora paydo bo‘lishi tufayli harbiy tayyorgarliklarini faollashtirmoqda. 

Mavzuga oid
Top