10:58 / 23.08.2016
4563

Balida terakt xavfi tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Indoneziya huquqni muhofaza qilish organlari Balida amalga oshishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy teraktning oldini olish maqsadida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bu haqda mahalliy politsiya boshlig‘i Sugeng Priyanto xabar bergan.
Uning aytishicha, bundan tashqari, Boku atrofidagi portlarda kuzatuv va nazorat o‘rnatilgan.

Avvalroq mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ushbu orolda IShID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumonlangan shaxsni qo‘lga olgan edi. Uning uyidan masofadan turib boshqariladigan portlovchi qurilma topilgan.
 

Top