13:35 / 23.08.2016
8087

Bugun “Lokomotiv” OChLda o‘ynaydi: o‘sha rels, o‘sha tezlik

Qo‘yilgan nomning ta'siri

Inson hayotida ism katta o‘rin tutadi, deyishadi. Futbolda ham shunday ekan. Bizning poyezd “pish-pish” qilganicha tezlikni olib, o‘zi uchun tarixiy stansiya tomon ildam bormoqda. Ishoning, hali bu boshlanishi... “Umari bor -“Al-Ayn”mush... Oldindan cho‘chishni nima keragi bor? Bizdagi mahoratli - ikkinchi yoshligini boshlagan Server, Temurlarchi?..  Gevorkyanni o‘zi alohida ta'rifga ega.

“Loko”ning avvalgi murabbbiyi Vadim Abramovning «Arab jamoalariga qarshi o‘yinlarda O‘zbekiston hech qachon qiynalmasligi kerak. Bu jamoalardan biz bir bosh ustunmiz», degan so‘zlari yodimda. Ko‘rasiz, jamoamiz yuzimizni yorug‘ qiladi.

“Lokomotiv”cha o‘yin uslubi

Ha, jamoada aniq maqsad yo‘lidagi kiroyi uslub shakllanibdi. Klubda tajribali futbolchilar bilan bir vaqtda yosh, shijoatli o‘yinchilardan foydalanish a'lo darajada. Raqibni o‘z hududidayoq bosim ostiga olish, oldindan o‘ylangan kombinatsiyalarni shoshilmay, ishonchli amalga oshirish, 90 daqiqa bor kuch bilan o‘ynashga yetarli jismoniy tayyorgarlik...

Bularni bari - “Loko”da zo‘r ish berganiga guvohmiz. Ayniqsa, standart vaziyatlardan samarali foydalanish foizi bizni quvontirmoqda. Jyeparov bejiz qit'ada eng zo‘r bo‘lmaganligini isbotlayotgani ham rost. Timur Kopadze va Ignatiy Nesterov temiryo‘lchilar orkestriga yaxshigina dirijyor vazifasini o‘tashyapti. Yosh futbolchilar esa, ko‘z tegmasin, yomon emas. So‘nggi daqiqalargacha bor kuchini berib o‘ynash “Loko”ning uslubi, deyilsa yanglish gap bo‘lmaydi.
Temir yo‘l Arabiston yarim orolida ham temir yo‘ldir. O‘sha rels, o‘sha tezlik.  

Buyog‘iga ham omad

Dunyodagi eng tezyurar temir yo‘l lokomotivi 1993 yili soatiga 271 km tezlikka chiqib, Ginnes kitobidan joy olgan ekan. Lekin  u ham bu qadar shiddatga ancha yo‘l bosib tezlab olgach so‘ng erishgan. Nasib qilib, temiryo‘lchilar keyingi bosqichga chiqishdi. Agar jamoamiz finalga chiqsa ularni – “Uchar Loko” deb atashni taklif qilaman.  
Buyog‘iga poyezdimizni yo‘li ravon bo‘lsin!

Elmurod Ermatov, Andijon.

Top