Amerikaning fazoviy agentligi NASA STEREO-B fazoviy qurilmasi bilan aloqaga chiqdi. U, 22 oy muqaddam fazo kengliklarida g‘oyib bo‘lgandi, deb xabar qilmoqda agentlik sayti.
O‘zaro axborot almashinuvi shu yilning 21-avgustida amalga oshirilgan. NASAning uzoq fazoviy aloqa tarmog‘i yordamida yo‘qolgan stansiya topilgan. Hozirda STEREO-B stansiyasidan kelayotgan signallar barqarorligi aytilmoqda.
Uzoq tanaffusdan keyingi ilk radioaloqa bir necha soat davom etgan. Ayni vaqtda, muhandislar qurilma tizimlarining ishlash salohiyatini baholab, ularning ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga yaroqliligini o‘rganmoqda.
STEREO-B qurilmasi (STEREO-A bilan birga) NASAning quyosh faolligini o‘rganish uchun fazoga uchirilgan stansiyalaridan biridir. 2006-yil 26-oktabrida Delta II raketa tashuvchisi yordamida fazoga uchirilgan qurilmalar geliomarkaziy orbitada parvoz qilmoqda. 2014-yil 1-oktabrida STEREO-B 72 soat davomida Yerga ko‘rinmaydigan hududga o‘tib qolgach, aloqa uzilgan edi. STEREO-A qurilmasi hozirgacha o‘z ishini davom ettirmoqda.