11:14 / 23.08.2016
8986

OAV Shimoliy Koreya chegaralariga mina joylashtirib chiqilgani haqida xabar topdi

Shimoliya Koreya harbiylari Janubiy Koreya bilan chegara yaqinidagi harbiy harakatlardan xoli hududga minalar joylashtirgan. Yonhap agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Pxenyan rasmiylari askarlar Janubiy Koreya hududiga qochib ketmasligini ta'minlash uchun shunday choralarga qo‘l urgan.

Hozircha bu xabar rasmiylar tomonidan tasdiqlanmagan.

Agentlikning qayd etishicha, Shimol va Janub o‘rtasida 1950-1953 yillarda bo‘lib o‘tgan Koreya urushdan keyin tinchlik sulhi imzolanganidan buyon ilk marta minalash holati kuzatilmoqda. Janubiy Koreyadagilar bu harakatda KXDRga qarshi olib borilgan "psixologik urush" samarasini ko‘rishmoqda.

Joriy yilning mart oyida Janubiy Koreya Pxenyan bilan chegarada 24 kilometr masofagacha baland ovozli karnaylarni joylashtirib chiqqan edi.

Agentlikning qayd etishicha, Pxanmundjom tumanidagi muzokaralar nuqtasida hududga mina joylab chiqish holatlari kuzatilgan.

Agentlikning xabarida eslatilishicha, Pxandmunjomdagi bufer hududini minalashtirish 1953 yilda tuzilgan tinchlik sulhiga ko‘ra taqiqlangandi.

Janubiy Koreya rasmiylari hisob-kitobiga ko‘ra, Shimoliy Koreya shu yilning aprelidan beri chegarada 4 mingga yaqin minani joylashtirishga ulgurgan.

Mavzuga oid
Top