07:17 / 24.08.2016
5787

Germaniya dorixonalarida ko‘zni achishtiruvchi gaz sotila boshlandi

Germaniyaning eng yirik dorixonalar tarmog‘i DM ko‘zni achishtiruvchi gazli ballonchalarni sotishni boshladi, deb xabar bermoqda The Local nashri.

Kompaniya direktori Sebastian Bayyerning aytishicha, mijozlar ko‘pincha hayvonlardan himoyalanish uchun aerozol bor-yo‘qligini so‘rashadi. Dorixonalar bu aerozolni sota boshlagandan keyin, mijozlar bunga ijobiy munosabat bildirishgan.

"Xaridorlar ko‘pincha sprey bor-yo‘qligi haqida so‘rashadi. Biz ularning so‘rovlarini tahlil qilib, hayvonlardan himoyalanish uchun aerozolni assortimentimizga qo‘shishga qaror qildik", deb aytdi Bayyer.

Nashrning yozishicha, aerozol shaharlar markazlaridagi dorixonalarda sotilayotgani g‘alatidir va xaridorlar ehtimol uni yirtqich hayvonlardan himoyalanish uchun emas, balki boshqa maqsadda ishlatadilar. Gap shundaki, Germaniyada Yaqin Sharqdan kelgan muhojirlar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni oshayotgani sababli o‘zini himoyalash vositalariga talab oshgan. 

 

Mavzuga oid
Top