13:43 / 29.08.2016
5689

Air France aviakompaniyasi parvozi 48 soat ortga surildi

Fransiyaning Air France aviakompaniyasining Bamakodan Parijga parvoz qilishi lozim bo‘lgan reysi 48 soatga kechiktirildi, deb xabar qilgan BFMTV.

Qayd etilishicha, samolyot bortida sichqon borligi aniqlangach, uning havo kemasi elektr tarmog‘i simlarini kemirib yuborgani taxmin qilingani sabab, parvoz qoldirilgan. Kemiruvchi hayvonni topishgandan so‘ng, ekipaj a'zolari dam olishlariga to‘g‘ri kelgan. Nashrning yozishicha, samolyotning Bamakodan vaqtliroq uchishi uchun Air France u yerda zaxira xodimlariga ega bo‘lmagan. 

Shundan so‘ng, aviakompaniya mijozlariga tovon puli to‘lashga va'da bergan. Air France vakili Kristof Pomening aytishicha, yo‘lovchilarning xavfsizligi kompaniyaning asosiy maqsadidir.

Top