17:42 / 29.08.2016
10445

Rossiya va AQSh kuzda o‘zaro kelishgan holda Halab bo‘ylab zarbalar berishni boshlashi mumkin

Foto: Reuters

Rasmiy Moskva va Vashington Suriyaning Halab shahridagi jangarilarga qarshi shu yilning sentabr oyi o‘rtalaridan o‘zaro hamkorlikda hujum qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi Jyenevadagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

"Tomonlar sentabr oyi o‘rtalaridan Halabdagi jangarilarning pozitsiyalariga muvofiqlashtirilgan holda zarbalar yo‘llashni boshlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishmoqda", deya ma'lumot bergan Rossiya-Amerika maslahatlashuvlariga yaqin manba.

Qayd etilishicha, sentabrda Halab atrofida qurollarini topshirib Suriya hukumatiga taslim bo‘lishdan bosh tortgan jangarilargina qoladi.

"Qolgan jangarilar o‘rab olinadi va bombardimon qilinadi", deyilgan manba ma'lumotida.

U rejada bu harakatlarda Suriya HHK samolyotlari ishtiroki xususida hech qanday ma'lumot bermagan.

Mavzuga oid
Top