09:17 / 29.08.2016
4331

Sitsiliya bo‘g‘ozida mingdan ortiq muhojir cho‘kib ketishdan saqlab qolindi

Kichik qayiqlar va baliq ovlovchi shxunalarda Liviya qirg‘og‘idan Italiyaga yo‘l olgan mingdan ortiq muhojir Sitsiliya bo‘g‘ozida cho‘kib ketishdan qutqarib qolindi. Bu haqda Italiya sohilbo‘yi xizmati ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinishicha, sohilbo‘yi xizmati kemalari va harbiy kemalar ishtirokida qochqinlarni qutqariush bo‘yicha "Xavfsiz dengiz" missiyasi doirasida 11ta qutqaruv amaliyoti o‘tkazilgan.

Qutqarilgan kishilar Italiyaning turli portlariga jo‘natilgan.

Top