17:41 / 29.08.2016
8223

Soya qoidabuzarligi uchun yuborilgan jarima bekor qilindi

Rossiya Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi Moskva shahar boshqarmasi Honda avtomobili egasiga yuborilgan jarimani bekor qildi. Avval xabar berilganidek, Yevgeniy ismli fuqaro mashinasining soyasi yo‘l chetidagi uzluksiz chiziqqa tushgani bois, jarima to‘lash to‘g‘risida ogohlantirish maktubi olgan.

Shahar boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, ushbu jarima «fotovideofiksatsiya majmuasi ishida ro‘y bergan nosozlik» tufayli noto‘g‘ri yozilgan. Shu boisdan u, bekor qilingan. 

Boshqarmada ma'lum qilishlaricha, ular fuqarolarning OAVga qilgan murojaatlarini diqqat bilan kuzatib borishadi va turli tortishuvli vaziyatlarga nisbatan zudlik bilan choralar ko‘riladi. 

Top