20:56 / 30.08.2016
3978

Kremlda Putin va Si Tszinpin o‘rtasidagi muzokaralar sanasi ma'lum qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xitoy raisi Si Tszinpin bilan to‘liq formatdagi muzokaralari 4 sentabrda Xitoyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb ma'lum qildi Kreml matbuot xizmati.

"Sammitning rasmiy dasturi 4 sentabrda boshlanadi, Putin anjumanning birinchi ishchi yig‘ilishida va Si Tszinpin nomidan uyushtiriladigan tantanali qabulda ishtirok etishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Putinning Xitoy raisi Si Tszinpin bilan to‘liq formatli muzokaralari rejalashtirilgan", deyilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, Putin an'anaga ko‘ra "Katta yigirmatalik" sammiti arafasida o‘tadigan BRIKS yetakchilarining norasmiy uchrashuvida ham ishtirok etadi.

 

Top