20:53 / 31.08.2016
42588

Vladimir Putin Islom Karimovga mustahkam sog‘lik tiladi

Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-omonlik, doimiy ravnaq hamda farovonlik kabi ezgu istaklar izhor etilgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning maktubida shunday deyiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e'lon qilinganligining 25 yilligi bilan Sizni samimiy muborakbod etaman.

Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli yutuqlarga erishdi. O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e'tibori benihoya yuqoridir.

Do‘stlik va o‘zaro hurmatning ezgu an'analariga tayanuvchi davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida faol rivojlanib bormoqda. Ishonchim komilki, biz o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni bundan buyon ham barcha yo‘nalishlarda mustahkamlab, dolzarb xalqaro masalalarni yechishda sa'y-harakatlarimizni samarali ravishda muvofiqlashtirib boraveramiz. Bu Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, Sizga chin qalbdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga baxt-saodat va ravnaq tilayman.

Ehtirom ila,

Vladimir Putin,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti

Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llashgan:

Buyuk Britaniya Qirolichasi – Yelizaveta II
Yaponiya Imperatori –  Akixito 
Belgiyaliklar Qiroli – Filipp
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha  vitse-prezidenti – Siril Myuller
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA) prezidenti – Kim In Suk
Koreya Eksport-import banki raisi va prezidenti – Li Duk Xun
“Samsung Injiniring” prezidenti va bosh ijrochi direktori – Pak Chung Xim
“LUKOYL” kompaniyasi prezidenti – Vagit Alekperov
Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi direktorlar kengashining raisi – Van Ilin
“Poli Teknolojiz” kompaniyasi prezidenti – Van Lin
“ZTE” korporatsiyasi prezidenti – Chjao Syanmin
“Sumitomo Korporeyshn” Boshqaruvi raisi – Kazuo Omori
“Marubeni Korporeyshn” Boshqaruvi raisi – Teruo Asada
“Mitsubisi Xitachi Pauer Sistems” Boshqaruvi raisi – Koji Tanaka
“Mitsubisi Xevi Indastriz Ltd.” prezidenti va katta ijrochi direktori – Shun'ichi Miyanaga
“Fujitsu Limited” prezidenti – Tatsuya Tanaka
“Isuzu Motors Limited” Boshqaruvi raisi va vakolatli direktori – Susumi Xosoi
“ITOChU Korporeyshn” prezidenti – Masaxiro Okafudzi
Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bosh direktori – Abdulvahob al-Badir
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili – Peter Burian
Yevropa Parlamenti deputati, Yevropa Parlamentining Markaziy
Osiyo bo‘yicha delegatsiyasi raisi – Iveta Grigule
Inha universiteti prezidenti – doktor Choy Sunja
Nagoya universiteti prezidenti – Seichi Matsuo
Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi prezidenti – Yorg Roxoll
Moskva va Butun Rossiya Patriarxi – Kirill
Toshkent va O‘zbekiston Mitropoliti, O‘rta Osiyo Mitropoliya okrugi rahbari – Vikentiy

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Top