18:49 / 08.09.2016
6881

Germaniya deputatlari uchun Injirlik aviabazasi eshiklari ochildi

Turkiya hukumati GFR parlamenti deputatlariga Injirlik aviabazasiga tashrif buyurishlariga ruxsat berdi. Bu haqda, Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer ma'lum qildi, deb yozmoqda Zeit.

«Turkiya hukumatining nemis bundestagi mudofaa qo‘mitasining tashrifini ma'qullash borasidagi qarorini olqishlayman», — deb qo‘shimcha qilgan TIV rahbari. 

Spiegel-online nashrining yozishicha, tashrif oktabr oyi boshlarida amalga oshishi mumkin.

Turkiyaning Injirlik aviabazasida bundesver missiyasi joylashgan. Nemis harbiy havo kuchlari IShID guruhiga qarshi jangovar amaliyotlarda qatnashmoqda. 

Spiegel jurnalining xabar qilishicha, Germaniya mudofaa vazirligi Injirlikni rivojlantirishga 58 million yevro sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. 

Top