07:06 / 15.09.2016
4777

YeChL. "S" guruhi. "Manchester Siti"dan yirik g‘alaba, Aguero xet-trikka erishdi

Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" va "Borussiya M" jamoalari o‘rtasidagi bahs kecha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Lekin kuchli yomg‘ir sababli bahs 14 sentabr sanasida o‘tkazildi. 

"Etihad Stedium"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "shaharliklar" raqiblaridan ustunliklarini namoyish qilishdi. 9-daqiqadayoq Serxio Aguero uchrashuvdagi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Argentinalik hujumchi 28-daqiqaga kelib penaltidan yana bir bora to‘p kiritdi, - 2:0. Shu hisob birinchi bo‘limda saqlanib qolindi. 

Ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasiga kelganda Aguero uchrashuvdagi uchinchi golini kiritdi. Hakam tomonidan bahs yakunlanishiga qo‘shib berilgan daqiqalarda zahiradan maydonga tushirilgan Ixenacho ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi, - 4:0. Shunday qilib, Xosep Gvardiola shogirdlari YeChLning 1-turini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshlay oldi. 

"Manchester Siti" - "Borussiya M" - 4:0

Gollar: Aguero 9, - 1:0. Aguero 28 penalti, - 2:0. Aguero 77, - 3:0. Ixeanacho 90+1, - 4:0.

"Manchester Siti": Bravo, Otamendi, Kolarov, Sabaleta, Stounz, Navas, Fernandino, Sterling (Sane, 79), de Bryuyne, Gyundogan (Klishi, 81), Aguero (Ixeanacho, 83).

"Borussiya M": Zommer, Elvedi, Kristensen, Vendt, Daud, Shtrobl, Kramer (Korb, 38), Djonson, Xan (Azar, 59), Raffael, Shtindl (Traore, 81).

Ogohlantirishlar: Kramer (27), Otamendi (48).

 

Top