07:59 / 18.09.2016
4857

Nyu-Jyersida aniqlangan bomba boshqa portlovchi qurilmalarga ulangan bo‘lgan

AQShning Nyu-Jyersi shtatida 5 ming kishi ishtirok etishi kerak bo‘lgan marafon oldidan portlagan bomba boshqa portlovchi qurilmalar bilan ulangan bo‘lgan, deb ma'lum qildi okrug prokurori rasmiy vakili. Bu haqda News 12 xabar bermoqda. 

Uning aytishicha, chiqindi qutisida yotgan boshqa qurilmalar portlagan qurilma yonida bo‘lganiga qaramasdan portlamagan. 

Ayni vaqtda topilmalar ustida bir guruh mutaxassislar ish olib bormoqda.

Avvalroq portlash joyida yana bitta portlovchi qurilma aniqlangani ma'lum qilingandi.

 

Top