07:20 / 19.09.2016
8103

Nyu-York va Nyu-Jyersida portlagan bombalar bir odam tomonidan tayyorlangani ma'lum bo‘ldi

18 sentabrda Nyu-York va Nyu-Jyersida portlagan portlovchi qurilmalar bir odam tomonidan tayyorlangan bo‘lgan, deb xabar bermoqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali. 

Telekanal boshqa qo‘shimcha ma'lumot keltirilmagan.

Nyu-York politsiyasi komissari Jyeyms O'Nilning aytishicha, ikki portlash bir-biri bilan bog‘liq.

"Men portlagan bomba borligi, biroq hech kim qo‘lga olinmaganidan xavotirlanmoqdaman", deb aytdi O'Nil.

Nyu-Yorkning Manxetten tumanidagi portlash oqibatida 25 kishi jarohat olgan. Nyu-Jyersida xayriya marafoni oldidan qo‘lbola portlovchi qurilma portlagan.

Top