11:08 / 19.09.2016
7226

Nyu-Jyersida yana portlash ro‘y berdi

AQShning Nyu-Jyersi shtatida, biroz avvalroq shubhali buyum aniqlanganidan keyin poyezdlar harakatlanishi to‘xtatilgan temir yo‘l bekatida portlash ro‘y bergan. Bu haqda NJ.com portali xabar qildi.

Aniqlik kiritilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 00.40da (Toshkent vaqti bilan soat 09.40) portlash ovozi eshitilgan. Bu vaqtda robot shubhali buyumni aniqlayotgandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash to‘satdan ro‘y bergan. Jabrlanuvchilar haqida ma'lumotlar yo‘q.

CNN telekanali ma'lumotiga ko‘ra, shubhali buyum «huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan portlatilgan». Voqea joyida FXX vakillari ish olib borishmoqda.

17 sentabr kuni portlash Nyu-Jyersida xayriya marafoni boshlanishi oldidan yuguruvchilar yo‘lagida portlash sodir bo‘lgandi. O‘shanda ro‘yxatga olish ishlari tufayli start kechikkani uchun talofatlardan saqlanib qolingandi.

Shu kuni Manxetten markazidagi Chelsi kvartalida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 29 kishi jabrlandi.

Top