20:36 / 29.10.2016
9712

Lujkov Nazarboyevga Qozog‘istonda 2 milliard dollarlik suv quvuri qurish taklifini berdi

Foto: RIA

Moskvaning sobiq meri Qozog‘istonda qiymati 2 milliard dollarga teng bo‘lgan suv quvuri qurishni taklif qildi. Bu haqida Lujkovning o‘zi RBK nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, sobiq Moskva meri Yuriy Lujkov juma kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvi chog‘ida  respublikada chuchuk suv ta'minoti uchun suv quvuri qurishni taklif qilgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Kaspiy dengizining shimoliy qismidan boshlanuvchi taxminan 200 kilometrli "qudratli suv quvuri" haqida ketmoqda."Bu ajoyib yer, iqlimiy va tabiiy sharoitlar - suv esa yo‘q", - dedi u. 

Manbaga ko‘ra, loyihaga salohiyatli investor topilgan. "Biz bu loyihani o‘rganib, uni moliyalashtirishga tayyor bank tizimini topdik. Pullar suv uchun to‘lov hisobidan qaytariladi", - dedi Yuriy Lujkov va gap Qozog‘iston banki emas, xalqaro bank tizimi haqida ketayotganligini ta'kidladi. 

Lujkov loyihadagi o‘z o‘rniga tavsif berar ekan, "bugungi kunda Qozog‘istonning o‘zida ishlab chiqariluvchi jihozlarni maksimal darajada jalb etgan holda to‘liq tashkiliy-texnik ijro" bilan shug‘ullanishini aytdi. 

 

Top