09:50 / 10.11.2016
5392

Sietlda Trampga qarshi bo‘layotgan norozilik aksiyasi vaqtida otishma sodir bo‘ldi

GETTY IMAGES

Sietlda Trampga qarshi norozilik aksiyasi o‘tayotgan joydan uncha uzoq bo‘lmagan yerda sodir bo‘lgan otishmada besh kishi yaralandi. Hukumat bergan ma'lumotga ko‘ra, noma'lum kishi odamlarga qarata o‘q uzgan va yashiringan.

Shahar politsiyasi rahbari o‘rinbosari Robert Mernerning aytishicha, to‘rt nafar erkak va bir nafar ayol Xarborvyudagi tibbiyot markaziga yetkazilgan. Shifoxonada ikki erkak va ayolning ahvoli og‘ir ekanligini ma'lum qilishgan.

Politsiya xodimining aytishicha, otishmaning bo‘layotgan aksiyalarga hech qanday aloqasi yo‘q.

"Qandaydir janjal chiqqanga o‘xshaydi. Otgan erkak boshida ketmoqchi bo‘lgan, so‘ngra ortiga qaytib, odamlarga qarata o‘q uzgan", - dedi Merner.

Sietl prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan Donald Trampga qarshi norozilik bildirgan shaharlardan biridir. Buning qatoriga Arizona, Ayova, Kolorado, Massachusets, Vashington shtatlaridagi shaharlarni ham qo‘shish mumkin.

Mavzuga oid
Top