15:24 / 11.11.2016
8657

Tarmoqda Klintonni prezident etib tayinlash so‘ralgan petitsiya paydo bo‘ldi

Foto: AP

Change.org saytida 19 dekabrga mo‘ljallangan rasmiy ovozga qo‘yish jarayonida Saylovchilar kollegiyasini demokrat Hillari Klintonga ovoz berishga chaqiruvchi elektron petitsiya chop etildi

Petitsiya muallifi AQSh aholisining aksariyati siyosatchiga ovoz berganini ta'kidlab, davlat rahbari lavozimi Trampga nasib qilganini saylovchilar tanlovi bilan izohladi. Biroq matnda Oq uyning boshqa nomzodga berilish ehtimoli mavjudligi ta'kidlangan. "Nima uchun demokratiya g‘alabasi uchun eng nodemokrat institutdan foydalanilmasligimiz kerak ekan?", - deya mulohaza yuritadi muallif. 

"Janob Tramp prezident lavozimiga to‘g‘ri kelmaydi. Uning qiziqqonligi, birovlarning ustidan kulishi, yolg‘on so‘zlashi, zo‘ravonligi, shuningdek tajribasining yo‘qligi - Respublikani xavf ostiga qo‘yadi. Klinton xalq saylovida g‘olib bo‘ldi va u prezident bo‘lishi kerak", - deyiladi petitsiya matnida.

Hujjatni hozirga qadar 1,9 milliondan ortiq kishi imzolagan. 

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligiga saylovlar 8 noyabrda bo‘lib o‘tdi. Klinton xalq saylovida g‘alaba qozondi, biroq saylovchilarning aksariyati Trampni qo‘llab-quvvatladi. 

Top