20:51 / 13.11.2016
5937

Grizmann jarohati sabab «Real»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkin

«Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionati 12-turidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin. Futbolchi Fransiya va Shvetsiya terma jamoalari uchrashuvida (2:1) jarohat olgan.

Marca bergan xabarga ko‘ra, «Atletiko» Grizmann tibbiy xulosa natijalarini kutmoqda. Hujumchi Fransiyaning Kot d'Ivuarga qarshi uchrashuvini (15 noyabr) aniq o‘tkazib yuboradi.

Top