13:43 / 17.11.2016
5128

Armaniston prezidenti na Ozarboyjon va na Turkiya bilan muammolar bo‘lishini istaydi

Foto: Armaniston prezidenti matbuot-xizmati

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan o‘z mamlakatini na Ozarboyjon va na Turkiya bilan muammolari bo‘lgan, kuchli davlat sifatida ko‘rishni istashini aytdi. Bu haqida u RIA "Novosti"ga bergan intervyusida ma'lum qildi

"Milliy g‘oya nimada? Na Ozarboyjon va na Turkiya bilan muammolar bo‘lgan, kuchli, mustahkam davlat qurishda", - dedi Sargsyan. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u yevropaliklarning  Armanistonga kelib, mamlakatning rivojlanayotganini ko‘rishni orzu qiladi. 

"Bu, ehtimol, eng ro‘yobga chiqmaydigan orzudir, biroq men barcha armanlarning Armanistonda bo‘lishini istayman. Ular haqiqatdan ham bir joyda yig‘ilsa, bir masala bo‘yicha to‘rt xil fikr bildirishadi. Shunday bo‘lsa-da, biz birgalikda kuchlimiz", - qo‘shimcha qildi prezident. 

Mavzuga oid
Top