13:16 / 17.11.2016
6398

Xitoyda inson genlari birinchi marta CRISPR ko‘magida o‘zgartirildi

Foto: Science Photo Library

Xitoy irsiyshunoslari katta yoshli inson genlarini modifikatsiya qilish bo‘yicha ilk tajriba o‘tkazishdi. Inson genlari CRISPR/Cas9 texnologiyasi asosida tahrir qilingan hamda o‘pka saratoniga uchragan bemor tanasiga modifikatsiya qilingan T-limfotsitlari kiritilgan. Bu haqda Nature jurnalida e'lon qilingan maqolada so‘z yuritilgan.

Buning uchun dastlab, T-limfotsitlar tarkibidagi, hujayra immunitetini susaytiruvchi, shu bilan saraton o‘simtalariga limfotsitlar faolligini to‘xtatiuvchi oqsil moddasi olib tashlangan. Ayni vaqtda, bemor o‘zini yaxshi his qilayotgani xabar qilinmoqda. 

Top