12:51 / 17.11.2016
4630

Xitoyning "Shenchjou-11" kosmik kemasi "Tyangun-2" stansiyasidan muvaffaqiyatli ajraldi

© REUTERS/ China daily

Xitoyning "Shenchjou-11" kosmik kemasi orbitadagi ishini yakunlab, 17 noyabrda "Tyangun-2" kosmik stansiyasidan muvaffaqiyatli ajraldi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi ma'lum qildi.   

Bundan avval kema ekipaji a'zolari – sardor Tszin Xaypen va uning hamkasbi Chen Dun laboratoriyada zarur qurilmani yig‘ib olgan. Kema stansiyadan mahalliy vaqt bilan soat 12.41da ajragan.

Orbitada 393 km balandlikda bo‘ladigan "Shenchjou-11"ning qo‘nish moduli 18 noyabrda Yerga qaytadi.

Taykunavtlar "Tyangun-2" laboratoriyasi bortida 19 oktabrdan beri bo‘lishgan. Ular stansiyada umumiy hisobda 30 kun o‘tkazib, xitoylik fazogirlar orasida orbitada bo‘lish bo‘yicha rekord o‘rnatishdi.

Kosmik kema 17 oktabrda Gobi cho‘lidagi "Tszyutsyuan" kosmodromidan uchirilgandi. 
 

Mavzuga oid
Top