21:01 / 18.11.2016
20717

Kyolnda yashovchi erkak bo‘sh plastik idish yordamida mo‘maygina pul topdi, biroq bu unga qimmatga tushdi

Germaniyaning Kyoln shahrida yashovchi erkak bo‘sh plastik idishni qabul qilish avtomati yordamida firibgarlik qilgani uchun 10 oylik qamoq jazosiga mahkum qilindi, deb xabar bermoqda Local nashri. Uddaburon nemis o‘zining do‘konidagi avtomatga magnit datchik va qurilmaga plastik idishni maydalashga yo‘l bermaydigan magnit tunnel o‘rnatdi. 

Erkak bu "ixtirosi" evaziga bir idishni 177 ming marta topshirib, uning uchun 44 ming yevro oldi.

Bunday avtomatlarni o‘rnatuvchi kompaniyada ushbu aldov payqalmay, firibgarga  mo‘maygina pul to‘lab borilgan. Politsiya bu holat haqida anonim informator xabar bergandan keyingina u haqda voqif bo‘lgan. 

 

Top