19:58 / 20.11.2016
5815

Bryusselda samolyotdan 41 nafar bezori tushirib qoldirildi

Foto: © EPA

Brussels Airlines aviakompaniyasining Zaventem aeroportidan Bryussel (Belgiya) — Alikante (Ispaniya) reysini amalga oshirayotgan samolyot bir guruh bezorilar sababli parvozi ushlab qolindi. Bu haqda Le Soir xabar bermoqda

Samolyot bortidan 41 kishi tushirib qoldirilgan. Ba'zi bezorilar mast holatda bo‘lgan. Hammasi bo‘lib samolyotda 136 yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea 19 noyabrda yuz bergan, biroq OAV u haqda bir kun o‘tib xabar topgan.

"Reysga yo‘lovchilarni o‘tkazish risoladagidek o‘tdi. Samolyot uchish-qo‘nish polosasiga tomon ketayotganda bortdagi bir guruh yo‘lovchilar o‘zini nomaqbul tuta boshlagan. Samolyot sardori ularni tinchlantirishga urinishi foyda bermagach, yo‘lovchilarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida samolyotga chiqish joyiga qaytishga qaror qilgan", deb ma'lum qildi aviakompaniya rasmiy vakili.

Vakil reysdan olinganlar xorijliklar bo‘lganini ma'lum qilgan, biroq ularning fuqaroligini aniqlashtirib o‘tmagan.  

 

Mavzuga oid
Top