22:19 / 21.11.2016
25833

Ronaldu tan oldi? Bu qanchalik to‘g‘ri?

Ronaldu ijrosida kaming-aut bo‘lgani qanchalik haqiqat? Tribuna.Uz buni faktlar orqali aniqlashga urinadi.

Hozircha yo‘q. Futbolchi hozircha biror joyda omma oldida chiqish qilib bu haqda gapirgani yo‘q. Tan olib aytgani ham yo‘q. Ispaniyaning asosiy 3ta sport nashri (Marca, AS va Sport) bu haqda hattoki bir qator so‘z ham bitmadi.

Unda bu iqtibos qayerdan kelib chiqdi?

Ispan radiosi Cope bugun joylashtirgan podkastga Ronaldu o‘ziga noodatiy jinsiy oriyentatsiyasi haqida aytgan Kokega buni tan olgani va shunda ham undan boy ekani bilan javob qaytargani haqida xabar beruvchi sarlavha qo‘ydi.

Xabarda aytilishicha, bu gaplarni Ronaldu o‘yin tugagach darhol «Atletiko» stadioni kiyim almashtirish xonasida sheriklariga gapirib bergan.

Radio ushbu gaplarni jurnalist Xuanmu Kastanoga asoslanib taqdim qilgan. Jurnalist o‘z navbatida bu haqda «Ronalduning jamoadagi anonim» tanishidan eshitganini aytgan.

Mojaro qanday yuzaga keldi?

«Atletiko» — «Real» ikkinchi bo‘limida Ronaldu Kokening ortidan turtib yubordi. Sport.es talqiniga ko‘ra, hakam bu holatga e'tibor bermagan, biroq futbolchilar tortishib qolgach,ularning ikkalasini ham ogohlantirgan.

Unda qaysi asoslarga ko‘ra, Ronaldu besoqolbozlik odati bilan ayblab kelinadi?

Eng mashhur tarix bu — A Bola nashri tomonidan «Real» prezidenti Florentino Peresning Ronalduga o‘rtog‘i Badr Xarini ko‘rgani Marokashga borishini taqiqlaganda paydo bo‘lgan. Odatda portugaliyalik futbolchi har hafta o‘yinlardan keyin samolyotiga o‘tirib Afrikaga borgan va bir necha soatni o‘rtog‘i bilan o‘tkazib qaytib kelardi. Undan bir necha kun oldin marokashlik jangchi qo‘lida Ronalduni (xuddi sevgan qizini ko‘tarib olgandek) qo‘liga ko‘tarib turgan rasmini ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qiladi. Bu surat hozirga kelib Xarining instagramidan o‘chirib tashlangan.

Bundan tashqari, yana bir shubhali fakt borki, Ronaldu o‘zining o‘g‘lini asl onasi kimligini yashirib keladi. Ronaldu bilan ommaga ma'lum holatda ishqiy munosabatda bo‘lgan so‘nggi ayol rossiyalik modeler Irina Sheykdir. Ular 2015 yilda ajrashgan. O‘shanda Sheyk ajrashishiga sabab sifatida «Menga haqiqiy erkak kerak edi», deya Ronalduning haqiqiy erkak emasligiga ishora qilib o‘tgan.

Taxminlar, daraxtning uchini qimirlatgan shamollar ko‘p. Eng kuchlisi aynan bugungi xabardan keyin bo‘ldi. Lekin hozircha bundan ortig‘i haqida ma'lumotlar yo‘q.

Mavzuga oid
Top