17:57 / 22.11.2016
6958

«MYu»ning 2 muxlisi «Arsenal»ga qarshi o‘yinga tushish uchun antiqa yo‘l tutdi

Foto: The Telegraph

«Old Trafford» stadioni xavfsizlik xizmati xodimlari Angliya chempionatining 12-turida «Manchester Yunayted» va «Arsenal» o‘rtasidagi o‘yin oldidan o‘yinga chiptasiz kirmoqchi bo‘lgan 2 talabani tutishdi.

The Telegraph nashrining aniqlik kiritishicha, «MYu»ning muxlisi bo‘lgan 2 yigit o‘tgan haftaning juma kunida stadionga kelib, sayr qilishgan. Ekskursiya yakunida ular stadion hojatxonasiga kirib yashirinishgan va tunni shu yerda o‘tkazishgan.

O‘yin oldidan stadion sinchiklab tekshirilayotgan mahalda stadion xodimlari ularni ushlab olishgan. Ular politsiyaga olib borilgan.

«Manchester Yunayted» rasmiysi bu talabalarning tutgan yo‘lini qoralab chiqqan, lekin ular xavfsizlikka tahdid qilishmagani, chunki stadionga kirishdan oldin metalli detektordan o‘tishganini qayd etib o‘tgan.

Top