10:25 / 22.11.2016
9105

OAV: Xitoy TTHda AQSh o‘rnini egallashi mumkin

Foto: Sputnik

Peruda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti maydonida Xitoyning TTH (Transtinch okeani hamkorligi)ga qo‘shilish imkoniyatlari muhokama etilgan. Bu haqda, The Australian nashri o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda

Nashrga ko‘ra, garchi AQSh mazkur tashkilot safini tark etgan taqdirda ham kelishuv barbod bo‘lmasligi mumkin. Xitoyga taklifnoma yuborish g‘oyasini kelishuvga a'zo bir necha davlat rahbarlari ma'qullashgan. 

Bundan tashqari, Kanada, Yangi Zelandiya, Meksika, Peru, Chili va Osiyoning qator mamlakatlari yuqori lavozimli mulozimlarining yopiq eshiklar ortida o‘tkazgan uchrashuvlarida TTHdan bosh tortmaslik taklifi muhokama etilgan. 

Avvalroq, AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, o‘zining prezidentlik vazifasiga kirishgan ilk kunidayoq, TTHdan chiqishni boshlashi haqida ma'lum qilgan edi. 

Mavzuga oid
Top