01:01 / 23.11.2016
7800

Tokioda oltindan 2 metrlik archa yasaldi

Yaponiyalik zargar Ginza Tanaka Tokioda sof oltindan 2 metrlik archani barpo qildi, deb xabar bermoqda Bangkok Post nashri.

Yangi yilning bosh ramzi bo‘lgan archaning og‘irligi 19 kg keladi va u 1200 metr oltin simdan tashkil topgan. Archaning balandligi 2 metrni tashkil qiladi. Archa o‘rnatilgan do‘kon egalari o‘z brendlari 90 yilligini o‘zgacha nishonlashni istayotganlari va bu archa bilan Yaponiyaga yorqin va boy yangi yilni tilashlarini aytishgan. 

"Oltin archa"ning uchiga 65 ming dollarlik yulduz o‘rnatilgan. Zargar o‘z archasini 200 mln yyenga (1,8 mlrd dollar) sotmoqchi.

"Hozirda jahon iqtisodiyoti Breksit kabi kutilmagan hodisalardan aziyat chekmoqda. Shuning uchun biz noxush yangiliklarni yo‘qqa chiqarib, kelajakni yorqin yoritishi uchun oltin archani yaratdik", deb aytgan do‘kon menejyeri Ginza Tanaka.

 

Top