20:57 / 24.11.2016
6934

«Bavariya» rahbari futbolchilardan birini «osmondan yerga tushishga» chaqirdi

«Bavariya» direktorlar kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge Yevropa chempionlar ligasining «Rostov»ga qarshi uchrashuvidan (2:3) noroziligini yashirmayapti. Rahbarga ayniqsa Jyerom Boateng tomonidan ko‘rsatilgan o‘yin ma'qul bo‘lmagan.

«Jyerom hozir biroz o‘ziga kelishi va tinchlanib olishi lozim. Men uchun yozdan buyon shu tarzda o‘ynash — endi ortiqcha.

Agar u osmondan yerga tezroq tushsa, bu klubga ham, o‘ziga ham foydali bo‘lardi», – deya ta'kidlagan Rummenigge.

Qayd etib o‘tish joiz, ikkita gol kiritilishiga sababchi bo‘lgan Boateng ikkinchi bo‘limda jarohat olib maydonni tark etgandi.

Top