21:20 / 24.11.2016
5741

Facebook dronlari Hindistonda uchmaydigan bo‘ldi

Foto: © AP

Facebook’ning Hindiston va Janubiy Osiyodagi boshqaruvchi direktori Yumang Bedi 23 noyabrda o‘tgan muloqotda kompaniya tomonidan chekka hududlarda internetni ulashish uchun ishlab chiqarilgan Aquila droni Hindistonda ishlamasligini tasdiqladi. Bu haqda FactorDaily xabar bermoqda.  

"Aquila AQSh uchun tajriba sifatida yaratilgan, u Hindiston bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Bu faqatgina g‘oya bo‘lgan va g‘oyaligicha qoladi", deb aytdi Bedi.

Bu loyiha doirasida Facebook internetga ega bo‘lmagan 1,6 mlrd odamga internetga kirishni taqdim qilishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan.

 

Top