08:17 / 24.11.2016
11195

Mushuklari bir-birini yeb qo‘ygan avstraliyalik ayol sud qilindi

Foto:RSPCA

Avstraliya sudi Adelaida shahrilik ayolga uy hayvonlari bilan berahmlarcha munosabatda bo‘lganligi uchun ayblov e'lon qildi. U 14ta mushugini uyida qarovsiz qoldirgani oqibatida, hayvonlar bir-birini yeb qo‘ygan. 43 yoshli ayolning uyida 13ta mushukning o‘ligi va bitta tirik, ammo juda ozib ketgan mushuk topilgan. 

Shundan so‘ng, shahar sudi ayolga 12 oylik sinov muddati tayinlab, uy hayvonlari boqishni taqiqlagan. 


 

Mavzuga oid
Top