09:12 / 25.11.2016
9020

«Ipoteka-bank» ATIB Boshqaruv Raisining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Skrinshot: ipotekabank.uz

«Ipoteka-bank» ATIB Boshqaruv Raisiga bevosita elektron tarzda yo‘llash imkoniyati taqdim etilmoqda. Ma'lumotda qayd etishicha, yuborilajak murojaatlar rasmiy maqomga ega bo‘ladi.Bu haqda «Ipoteka-bank» ATIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 
Ma'lumotlarga ko‘ra, murojaat shakllarining qonunga muvofiq bo‘lishligi, jumladan, jismoniy shaxs sifatida murojaat yo‘llansa, familiya (ismi, otasining ismi), yashash joyi haqida ma'lumot hamda murojaat mohiyati bayon etilgan bo‘lishi shart. Shuningdek,tuhmat, haqorat so‘zlar va yolg‘on xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emasligi aytib o‘tilgan. 

Mazkur shartlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqib o‘rnatilgan.
 

Top