09:33 / 25.11.2016
3827

Islandiya hukumati Britaniya supermarketlar tarmog‘ini sudga berdi

Foto: Getty Images

Islandiya hukumati Britaniyaning Iceland Foods supermarketlar tarmog‘ini mamlakat nomini tovar belgisi sifatida ishlatgani tufayli sudga berdi. Bu haqda davlat hukumati xabarida aytildi.

“Islandiya hukumati mamlakat korxonalari va aholisi nomidan Britaniyaning Iceland Foods supermarketlar tarmog‘ini sudga bergani haqida ma'lum qiladi. Bu davlat kompaniyalarining “Islandiya” so‘zini o‘z mahsulot va xizmatlariga nisbatan ishlatish huquqini himoya qilish maqsadida amalga oshirildi”, - deyiladi bayonotda.

So‘nggi yillarda Islandiya hukumati Iceland Foods bilan savdo nomini o‘zgartirish bo‘yicha bir necha bora muzokara o‘tkazdi. “Ming afsuski, bu harakatlar hech qanday natija olib kelmadi. Supermarketlar tarmog‘i tomonidan qo‘yilgan talablar bizga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Endi hammasi sudda hal bo‘ladi”, - xabar qilingan relizda.

Islandiya hukumati Yevropa ittifoqining intellektual mulk bo‘yicha muassasasi ushbu tovar belgisini bekor qilishiga umid bildirmoqda.

 

Top