23:22 / 25.11.2016
12478

Kechki dayjest: 25 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 25 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

 

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda hal qilinishi lozim muammolar va kelgusidagi loyihalar haqida

Foto: UzLiDeP

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi

>>> Batafsil

 

Toshkentda Islom Karimovga haykal qo‘yiladi

Foto: «Jahon» AA

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun mamlakat poytaxti Toshkent shahrida uning nomidagi maydon barpo etilishi bo‘yicha tashabbuslar bildirilmoqda.

>>> Batafsil

 

GM Uzbekistan bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchining vakolati uzaytirildi

Foto: Reuters

GM Uzbekistan AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi kompaniya Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchining vakolatlarini uzaytirdi.

>>> Batafsil

 

YeXHT missiyasi O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi vaqtida debatlar o‘tkazilmayotganiga e'tibor qaratdi

Foto: «112.ua»

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi 24 noyabr kuni e'lon qilingan oraliq hisobotida nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdagi faolligini qayd etgan.

>>> Batafsil

 

Jahon banki: O‘zbekiston YaIM 2017 yilda 7,4 foizni tashkil etadi

Foto: © AP

Jahon banki prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston Yalpi ichki mahsuloti 2017 yilda 7,4 foizga o‘sadi. Bu haqda JBning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasiga oid yillik hisobotida e'lon qilingan. 

>>> Batafsil

 

Toshkentda 1 milliard dollar evaziga biznes markazi quriladi

Foto: Meros.uz

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi.

>>> Batafsil

 

Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab elektrichka harakati yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Kun.uz

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi.

>>> Batafsil

 

Dubayda o‘zbekistonlik sud qilinmoqda

Dubay jinoyat ishlari sudida hech qayerda ishlamaydigan, Dubayda noqonuniy yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi ishi ko‘rilmoqda.

>>> Batafsil

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegaralari demarkatsiya masalasini muhokama qildi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

>>> Batafsil

 

O‘zbekiston dori-darmon xarid qilish borasida Rossiyaga murojaat qildi

Foto:Getty images

O‘zbekiston Rossiyadan dori-darmon yetkazishda ko‘mak so‘radi. O‘zbekiston asosiy dori-darmonlarga ehtiyoj sezmoqda, biroq valyuta kursidagi muammolar sababli Rossiya farmatsevtik kompaniyalari O‘zbekiston bozorini egallashga hozircha tayyormaslar, deb aytmoqdalar mutaxassislar. 

>>> Batafsil

 

Islomda er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari

Foto: islam-today.ru

Dinimiz Islom ta'limotida oilaviy hayot muqaddas narsa hisoblanadi. Chunki, oila jamiyat binosining g‘ishti, bir bo‘lagidir.

>>> Batafsil

 

Yanukovichning so‘roq qilinishi boshqa kunga qoldirildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich so‘roq qilinishi kerak bo‘lgan Kiyevning Svyatoshin tuman sudi yig‘ilishi 28 noyabrga ko‘chirildi.

>>> Batafsil

 

Minsklik kishi mashinasiga ziyon yetkazayotgan "zo‘ravon"ni aniqlash uchun bir oy o‘z avtomobilida uxladi

Minsklik avtomobil egasi jiddiy muammoga duch keldi - noma'lum inson muntazam ravishda uning avtomobilini tirnab, ziyon yetkazib kelgan.

>>> Batafsil

 

Nazarboyev Ostona shahri nomini o‘zgartirish g‘oyasiga o‘z munosabatini bildirdi

Foto: AkordaPress

Qozog‘iston prezidenti “Rossiya 24” telekanaliga intervyu berib, mamlakatning sanoat-innovatsion rivoji salmog‘i, davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.

>>> Batafsil

 

AQShda mashhur “Qora juma” vasvasasi boshlandi

Foto: © Flickr

Bugun, 25 noyabr kuni AQShda “Qora juma” boshlandi. Bu yirik riteylerlar ishtirok etuvchi va har yilgi juda katta chegirmalar berilgan savdo qilishdir.

>>> Batafsil

 

Uch arab bolakay mushukning ketidan quvib ajalga yuz tutdi

Foto: gulfnews.com

Hessa, Muhammad, egizaklar Sulton va Xalifa - ularning hammasi 4 yoshda bo‘lib, bolakaylarning ayni o‘ynab-kuladigan, hayotdan zavqlanib yashaydigan payti edi. 

>>> Batafsil

 

YeIdagi o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi tarixda birinchi bor rekord yoshga yetdi

Foto: © AFP

YeIda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ilk bora 80 yildan oshdi. Bu haqda Yevropa komissiyasi va iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Tashkiloti hisobotida ma'lum qilingan.

>>> Batafsil

 

Yuz yoshga kirgan britaniyalik egizaklar uzoq umr ko‘rish sirlarini oshkor qilishdi

Foto: Twitter .com/@DailyMirror

Britaniyaning Storport-on-Severn shahridagi egizaklar o‘zlarining yuz yoshini nishonlashdi hamda uzoq umr ko‘rish sirlari bilan bo‘lishishdi.

>>> Batafsil

 

Xitoydagi kuchli zilzila O‘zbekistonda sezildi

Bugun, Toshkent shahri aholisi mahalliy vaqt bilan soat 19:20da zilzila kuchini sezishdi.

>>> Batafsil

 

Chevrolet Rossiyaga Lada Vesta “qotili”ni olib keldi

 

Rossiya avtomobil bozorida Ravon R4 sedanining savdosi boshlandi. U rossiyaliklarga yaxshitanish bo‘lgan Chevrolet Cobalt modelining qayta ishlangan namunasi bo‘lib, GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqiladi.

>>> Batafsil

Mavzuga oid
Top