25 noyabr tuni va 26 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
O‘zbekistonliklar chiqish vizasini bekor qilishga doir petitsiyani imzolashmoqda
Shange.org saytida O‘zbekiston fuqarolari tashabbusi guruhi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlarini vaqtinchalik bajaruvchi, Bosh vazir Sh.M.Mirziyoyev nomiga murojaat xati (petitsiya) bitildi.
>>> Batafsil.
Norvegiya Oliy sudi Snouden apellyatsiyasini rad etdi
Norvegiya Oliy sudi mamlakatga kelish huquqi uchun urinayotgan AQSh maxsus xizmati sobiq xodimi Edvard Snoudenning apellyatsiyasini rad etdi.
>>> Batafsil.
Yanukovich Ukrainada "rossiyalik yollanma jangchilar" bo‘lgani haqida so‘zlab berdi
Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Donbassdagi ixtilof vaqtida Ukrainaga rossiyalik "ko‘ngilli yollanma jangchilar" jang qilgani uchun kelganlarini ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
Xitoy gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi
Xitoy "havo-havo" sinfidagi gipertovushli raketani otish sinovlarini o‘tkazdi. Bu raketalar 482 km uzoqlikdagi nishonlarni yo‘q qila oladi.
>>> Batafsil.
Dubayda jonli gullardan eng katta yo‘lovchi samolyoti nusxasi yaratildi
BAAning Emirates aviakompaniyasi Dubaydagi "Mo‘'jizalar bog‘i" xodimlari bilan birga jonli gullardan dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti Airbus A380’ning nusxasini yaratdi.
>>> Batafsil.
Fransiyalik "o‘rgimchak odam" yana bir osmono‘par binoni zabt etdi
Hech qanday maxsus moslamalarsiz baland binolarni zabt etishi tufayli "o‘rgimchak odam" deb nom olgan taniqli fransiyalik alpinist Alen Rober Ispaniyaning Barselonasidagi Agbar osmono‘par binosini zabt etdi.
>>> Batafsil.
Aktyor Stiven Sigal Putindan orzu qilgan narsasini oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik aktyor Stiven Sigalga Rossiya pasportini o‘z qo‘llari bilan topshirdi.
>>> Batafsil.
Internet tarmoqlaridan tez o‘chib ketishga imkon beruvchi yangi servis yo‘lga qo‘yildi
Shvetsiyalik dasturchilar Ville Dalbo va Linus Unnebek internetdagi akkauntlarni o‘chirishga yordam beruvchi servisni ishlab chiqdi.
>>> Batafsil.
Gvardiola Messi «Manchester Siti»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Lionel Messining «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berib o‘tdi.
>>> Batafsil.
Video: «Krasnodar» Odil Ahmedovni tabrikladi
«Krasnodar» klubi o‘zbekistonlik legionerini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab quyidagi videorolikni taqdim etdi.
>>> Batafsil.