10:52 / 26.11.2016
22517

«Barselona»ning 9 yillik «qo‘rqinchli tushi». Haftaning eng muhim 4 uchrashuvi haqida

Foto: Scanpix

Dam olish kunlari Yevropada milliy chempionat uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan haftadagi «qaynoq» uik-endni har hafta so‘nggida topish qiyin, biroq bu dam olish kunida bo‘lib o‘tadigan bir qator uchrashuvlar borki, sizni zerikishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Tribuna.Uz kuchli beshlik chempionatlarida bu hafta bo‘lib o‘tadigan eng muhim uchrashuvlarni sanab o‘tadi.

ISPANIYa
«Real Sosedad» – «Barselona». 00:45. «Anoeta» stadioni.

«Barselona» uchun qo‘rqinchli tush

Juma kuni Lionel Messi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida ikkilanmasdan «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvda bizga faqat g‘alaba kerak», deya ta'kidladi. Buni eshitgan Madridning qaysidir burchagidagilar kulib qo‘yib aytgan bo‘lsa kerak: Messi «Barselona»ning San-Sebastyandagi uchrashuvlari tarixini bilarmikan?

Qanchalik g‘alati eshitilmasin, «Barselona» oxirgi marta «Anoeta» 2007 yilning mayida g‘alaba qozongan. Hali Messi 5ta «Oltin to‘p»dan birortasini ham yutmagan paytida bo‘lgan bu voqea. 9 yil, 9 yil, Karl... Messi o‘sha uchrashuvda o‘ynagan, biroq u paytlari argentinalik futbolchi bo‘lajak yulduz sifatida qaralardi. «Ko‘k-anorranglilar» safida o‘sha uchrashuvda Ronaldinyu, van Bronkxorst, Eto’O va hattoki Oleger Edmilson bilan birga o‘ynagandi. «Real Sosedad»da esa – darvozabon Bravo va qarilik bilmas, ertaga bo‘ladigan uchrashuvda maydonga tushadigan Xabi Priyeto bor edi.

Luis Enrike to‘qqiz yil oldin hattoki «Barselona B»dagi murabbiylik faoliyatini ham boshlamagandi. Hozir esa dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo‘lishga da'vogarlik qilib kelmoqda. To‘g‘ri, Enrike «Anoeta»dek chaqilmas yong‘oqqa tishini o‘tkaza olgani yo‘q: u uch marta San-Sebastyanga tashrif buyurgan. «Selta» murabbiyi bo‘lib ham, «Barselona» murabbiyligda ham u mag‘lubiyatga uchragan. «Barselona»ning «Anoeta»dagi qo‘rqinchli tushi davom etadimi? Hozircha bukmekerlar «Real Sosedad»g‘alabasini taxminan 6.00 koeffitsiyentda baholashmoqda.

ANGLIYa
«Chelsi» – «Tottenhem». 26 noyabr, 22.30 (UzReport. Match! Futbol 1) «Stemford Bridj» stadioni.

Gol o‘tkazmaslar nomag‘lublarga qarshi

Mantiq: «Tottenhem» bir necha yillardan beri Chempionlar Ligasiga chiqish uchun kurashdi va o‘tgan mavsumda bu ishni uddaladi, bir qarashda ancha oson guruhdan joy oldi, ammo muddatidan oldin keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini boy berdi. Chunki yevrokuboklar jamoa uchun og‘irlik qildi. Aynan shunday taassurot «Tottenhem»ning seshanba kuni «Monako»ga qarshi o‘yinida uyg‘onishi tabiiy edi: asosiy tarkib futbolchilari Uoker va Vertongen maydonga tushmadi, Eriksen, Yanssen va Sissoko esa faqatgina ikkinchi bo‘limdagina maydonga tushdi. Endi «shporlar» amalda Chempionlar Ligasi pley-offidan umidini uzib bo‘lishdi va bor e'tiborini chempionat o‘yinlariga qaratishi mumkin.

Katta ehtimol bilan jamoa guruh bosqichining so‘nggi turida TsSKAga qarshi ko‘proq ikkinchi tarkib bilan maydonga chiqadi, ammo shanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Chelsi»ga qarshi uchrashuvda «shporlar» aniqki, maksimal kayfiyatda maydonga tushishadi. «Tottenhem» hozircha chempionatda birorta ham uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Ko‘klar esa mana olti uchrashuvdirki chempionat o‘yinlarida ochko yo‘qotish tugul, birorta ham to‘p o‘tkazib yuborgani yo‘q. Bunday natija o‘tgan haftada jamoaga turnir jadvali peshqadami bo‘lib olishiga yordam berdi. Ammo Angliyada vaziyat shu qadar chigalki, «Chelsi» ko‘z ochib yumguncha yetakchilikni boy berib qo‘yishi mumkin. Bukmekerlik idoralari Konte shogirdlarining ochko yo‘qotishiga 2.10 koeffitsiyent berishmoqda.

GeRMANIYa
«Bavariya» – «Bayyer». 26 noyabr, 22:30 (Match! Futbol 3). «Alyants Arena» stadioni.

Rossiyadan ikki xil kayfiyatda qaytganlar to‘qnashuvi
O‘yindan oldin «Rostov» tvitteri qimmatli mehmonlariga sovqotib qolmasligi uchun uchrashuvni quloqchinli telpaklarda maydonga tushishni taklif qilgandi. Biroq myunxenliklar uchrashuvga bunday yangilik bilan chiqishmadi, ammo o‘yin natijasidan keyin hech bo‘lmasa qaytishda aeroportda bu telpaklardan suvenir sifatida bo‘lsada, olib ketishgan bo‘lsa ajab emas.

«Bayyer» esa «Bavariya»dan farqli ravishda Rossiyadan yaxshi kayfiyatda qaytishdi: TsSKA bilan qo‘lga kiritilgan durang natija nemis klubiga Chempionlar ligasining bahorgi mavsumida ishtirok etishini kafolatladi. Shunday ekan, jamoa endi YeChLni vaqtincha unutishlari mumkin. Yaxshisi leverkuzenliklar bor e'tiborini ichki chempionatga qaratgani ma'qul, sababi Rojyer Shmidt shogirdlari turnir jadvalining o‘rtasida borishmoqda va chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan to‘rtinchi o‘rindan besh ochkoga ortda qolishmoqda.

Ammo leverkuzenliklarga bu uchrashuvda oson bo‘lmasligi tabiiy. Sababi «Bayyer» XXI asrda faqat ikki martagina Myunxendan ochko ishlab qaytishgan — 13 mag‘lubiyat, 1 durang va 1 g‘alaba. Lekin hozir Shmidt shogirdlariga g‘alaba juda ham zarur va bunday paytlarda statistikani bir chetga surgan holda faqat g‘alabani o‘ylab maydonga tushish talab etiladi. Bu paytga kelib Karlo Anchelotti jamoasi ham o‘zi uchun qulay bo‘lgan o‘rinlarda emas. «Bavariya» o‘tgan turda «Borussiya»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va birinchi o‘rinni debyutantga topshirdi. Albatta bu ularning jahlini chiqargani tabiiy. Ustiga ustak, Rostovdagi uchrashuvdagi natija bunga qo‘shimcha bo‘lishi va uchrashuvda yirik hisob qayd etilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo bukmekerlar bunday bo‘lishiga juda katta ishonch bilan qarashmayapti – 8.10 koeffitsiyent.

FRANTsIYa
«Lion» – «PSJ». 27 noyabr, 00:45 (Match! Futbol 1). «Stad de Lyumer» stadioni.
Parijga tahdid solayotgan «Lion» musiqasi

Gegemon hozircha o‘z o‘yini to‘liq topa olgani yo‘q: «PSJ» chempionatning birinchi qismida yaxshigina oqsadi, ochkolar boy berildi, natijada jamoa Fransiya chempionatida hozirga kelib bor-yo‘g‘i uchinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Nitstsa»dan uch ochko ortda qolmoqda, Emeri shogirdlari. Shunga qaramay, parijliklar kuylashni qoyillatishmoqda: juma kuni ertalab klub rasmiy tvitteri Kavani, Verratti va boshqa «PSJ» yulduzlarining fonogramma orqali qo‘shiq kuylagani videosini joylashtirdi. Bu orqali ular bir oydan keyin katoliklar bayrami rojdestvo kelishini eslatib qo‘yishdi.

Albatta, Lionda umuman boshqa odamlar kuylashadi. Aynan shu shahar nomidagi jamoa muxlislari o‘z sevimlilarini qo‘llab-quvvatlash uchun kuylashni yaxshi ko‘rishadi va Fransiyadagi boshqa ko‘plab jamoa muxlislari singari «Pari Sen-Jyermen»ni ko‘rgani ko‘zlari yo‘q. Chempionning «Lion»ga kelishi munosabati bilan ularning tvitiga munosib javob berilgan: «Parijliklar, ehtiyot bo‘ling – kuylashni bizga chiqargan». Bu yozishmaning mazmunini tushunish mumkin: «PSJ» muxlislari odatda o‘zlarini juda bosiq holda tutishadi. Shunday ekan mezbon jamoa muxlislari hayqiirig‘i bunga unchalik o‘rganmagan parijliklarning zarariga ishlashi mumkin. Mana bu haqiqiy boshog‘rig‘i bo‘ladi!

Bonus.
«Krasnodar» - «Zenit». 21:00. (Match TV). «Krasnodar» stadioni

Shuningdek bu haftada Yevropa ligasining qahramonlari Rossiya chempionati doirasida ham kuch sinashadi. «Ural»ni sakkiz daqiqa ichida yirik hisobda mag‘lub etgan Odil Ahmedov jamoadoshlari, joriy yil taqvimining so‘nggi eng muhim o‘yinida g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqadi.

Top