17:48 / 26.11.2016
7582

«Lokomotiv» O‘zbekiston kubogi finaliga yo‘llanma oldi (Video)

Foto: Lokomotiv.uz

2016 yilgi O‘zbekiston kubogining finalida ishtirok etadigan ikkinchi jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar amaldagi chempion «Lokomotiv»ga qarshi maydonga tushdi. Bu xaqda Tribuna.Uz yozmoqda.

Uchrashuvnng  75-daqiqasida Temur Kapadze tomonidan kiritilgan gol ikkinchi uchrashuvda ham «temiryo‘lchilarga g‘alaba keltirdi. So‘nggi daqiqalarda Bahodir Nasimov hech bo‘lmasa ushbu uchrashuvni durang bilan yakunlashga hissa qo‘shishi mumkin edi. Biroq Nasimov penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Ikkala jamoaning yarim finaldagi birinchi uchrashuvida ham «Lokomotiv» 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Eslatib o‘tamiz, endi «Lokomotiv» finalda Qarshining «Nasaf» klubiga qarshi maydonga tushadi. Final 30 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston kubogi.1/2 final
Javob o‘yini.
«Bunyodkor» – «Lokomotiv» 0:1 (0:0)
Gol: 
Temur Kapadze (75). 

«Bunyodkor»: Akbar To‘rayev, Akmal Shorahmedov, Akramjon Komilov, Javlon Ibrohimov (Sardorbek Azimov, 81), Minori Sato, Eldor Shomurodov (Shahzodbek Nurmatov, 81), Bahodir Nasimov, Dostonbek Hamdamov (Dilshodbek Ahmadaliyev, 75), Rustamjon Ashurmatov, Otabek Shukurov, Yuritsa Bulyat.

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov,  Boburbek Yo‘ldoshev (Sherzod Fayziyev, 78), Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev (Artur Gevorkyan, 68), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Ikrom Aliboyev, Oleg Zoteyev.
Ogohlantirishlar: Rustam Ashurmatov (16), Marat Bikmayev (22), Otabek Shukurov (63), Bahodir Nasimov (78).

Dastlabki uchrashuv: 0:1

Top