11:56 / 27.11.2016
5320

A seriya. «Milan» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Italiya A seriyasining 14-turida «Empoli» mehmoni bo‘lgan «Milan» yirik hisobda zafar quchdi. «Karlo Kastellani» stadionida kechgan uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi. 

«Milan» tarkibida Janluka Lapadula dubl qayd etgdi. Shuningdek, Susoning goli va Andrea Kostaning avtogoliga «Empoli»da Rikkardo Saponara bitta gol bilan javob qaytardi. 

«Milan» ushbu g‘alabadan keyin (29 ochko) turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va bugun o‘z uchrashuvini o‘tkazadigan «Yuventus»dan 4 ochkoga ortda qolmoqda. «Empoli» esa 10 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, yana bir uchrashuv Turinda bo‘lib o‘tdi. Yago Falke tomonidan kiritilgan ikkita gol Sinisha Mixaylovich shogirdlariga «Kevo» ustidan g‘alaba qozonishiga ko‘mak berdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Torino» hisobidagi ochkolar soni 25taga yetdi va jamoa «Napoli»ni quvib o‘tib, «Latsio» va «Atalanta»ga yetib oldi. Turinliklar shu ikki jamoa bilan 4-6 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Jamoani Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rindan bor-yo‘g‘i bir ochko ajratib turibdi. «Kevo» esa 18 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi. 

Italiya A seriyasi
14-tur

Empoli – Milan 1:4 (1:1)
Gollar: 0:1 – 15 Lapadula, 1:1 – 17 Saponara, 1:2 – 61 Suso, 1:3 – 64, avtogol Kosta, 1:4 – 77 Lapadula.
Empoli: Skorupski, Veseli (Zambelli, 68), Bellushi, Kosta, Paskual, Krunich (Telo, 68), El-Hoji, Kroche, Saponara, Marilungo (Jilardino, 74), Makkarone.
Milan: Donnarumma, Abate, Gomes, Romanoli, De Shilo, Pashalich (Nyang, 78), Lokatelli, Fernandes (Kutska, 10), Suso, Lapadula (Poli, 84), Bonaventura.

Torino – Kevo 2:1 (2:0)
Gollar: 1:0 – 35 Yago Falke, 2:0 – 38 Yago Falke, 2:1 – 85 Ingleze.
Torino: Hart, Dzappakosta, Rossettini, Kastan, Barreka, Benassi (Akkua, 82), Valdifori, Bazelli (Obi, 58), Yago Falke (Boyye, 69), Belotti, Lyayich.
Kevo: Sorrentino, Kachchatore, Daynelli, Gamberini, Gobbi, Radovanovich, Isko (Medjorini, 46; Ingleze, 69), de Guzman (Yallou, 81), Birsa, Kastro, Pellisse.
Chetlatish: Kachchatore (89, Kevo).

Top