14:22 / 27.11.2016
8427

Eronliklar vertolyoti Kaspiy dengizi ustida qulab tushdi

Kaspiy dengizi hududida Eron milliy neft kompaniyasi (NIOC) vertolyoti halokatga uchragan. Bu haqda IRNA agentligi xabar tarqatdi.

Xabarda vertolyot qulashiga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilgan.

Ayni vaqtda qutqaruvchilar hududdan 3 kishining jasadini topishgan. Yana 2 yo‘lovchining jasadini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Top